05/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatda jami 4 699,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

 Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 125,5 foizni tashkil etib, qurilish sohasida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.

 Hududlarda ishlab chiqarish, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi obyektlarini barpo etish hamda rekonstruksiya qilish ishlari qurilish hajmining ortishiga xizmat qilmoqda.

 Qurilish sohasidagi faollik yangi loyihalarning amalga oshirilishi, investitsiyalar oqimining ko‘payishi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lib qolmoqda.