Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatida viloyatda ulgurji savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 4 376 taga yetdi. Shundan 33 tasi yirik korxonalar, qolganlari esa kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Joriy yilning yanvar–aprel oylarida viloyatda ulgurji savdo tovar aylanmasi 10 172,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,2 foizga ko‘payganini anglatadi.
Ulgurji savdo sohasida kichik biznes subyektlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hisobot davrida ular tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo aylanmasi 9 194,4 milliard so‘mga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,3 foizga o‘sdi.




