Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatda amalga oshirilgan qurilish ishlari tarkibida binolar va inshootlar qurilishi eng yuqori ulushni egalladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, binolar va inshootlar qurish ishlari jami qurilish hajmining 76,5 foizini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 20,3 foizga oshgan.
Fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi umumiy qurilish ishlarining 18,1 foizini tashkil etdi. Mazkur yo‘nalish transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etishni o‘z ichiga oladi.
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa jami hajmning 5,4 foizini egallab, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,8 foizga ko‘paydi.




