Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida So‘x tumanida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 40,9 mlrd so‘mga yetdi.
Investitsiya jarayonlarida xorijiy kapital muhim o‘rin egallab, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan mablag‘lar jami investitsiyalarning 48,9 foizini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich tumanning investitsion jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Shuningdek, investitsiyalarni moliyalashtirishda boshqa manbalar ham faol ishtirok etdi:
Aholi mablag‘lari — 33,1 %
Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 1,2 %
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 8,7 %
Respublika budjeti mablag‘lari — 8,1 %




