09/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida viloyatda faoliyat yuritayotgan akademik litseylar soni 5 tani tashkil etib, so‘nggi ikki yil davomida ushbu ko‘rsatkich barqaror saqlanib qoldi.

 Texnikumlar soni esa ta’lim tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida 68 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024/2025-o‘quv yiliga nisbatan 11 taga kamaygan bo‘lib, kasbiy ta’lim muassasalarini optimallashtirish jarayonlari bilan izohlanadi.

 Hududlar kesimida akademik litseylarning asosiy qismi Farg‘ona shahrida (4 ta) joylashgan bo‘lsa, texnikumlar soni bo‘yicha Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari (9 tadan) hamda Marg‘ilon shahri (7 ta) yetakchi o‘rinlarni egalladi.

 Ayni paytda texnikumlar soni Furqat tumanida (1 ta), Quvasoy shahri (2 ta) va So‘x tumanida (2 ta) eng kam qayd etilgan hududlar sifatida e’tiborga molik.