Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga jami 2,9 ming tonna uzum eksport qilinib, uning qiymati 2,6 mln AQSH dollariga teng bo‘ldi.
Farg‘ona uzumining tashqi bozorlarga yetkazib berilishi viloyat agrar sohasining eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishdagi salohiyati yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan uzum eksporti hajmi 0,9 ming tonnaga oshgani mahsulot yetishtirish, saqlash va logistika tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijasidir.
Eksport hajmlarining ortib borishi nafaqat viloyat iqtisodiyotiga qo‘shimcha daromad keltirmoqda, balki mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi bozorlar eshigini ham ochmoqda. Farg‘ona uzumi sifati va ta’mi bilan xalqaro bozorlarda munosib o‘rin egallab bormoqda.




