Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylari yakunlariga ko‘ra Rishton tumanining doimiy aholisi 225 954 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga oshganini ko‘rsatadi.
Tumanning demografik tarkibida erkaklar va ayollar soni deyarli teng:
Erkaklar – 115 008 nafar
Ayollar – 110 946 nafar
Aholining 143 388 nafari shahar hududlarida, 82 566 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.
Joriy yilning dastlabki uch oyida tumanda 1 100 ta tug‘ilish qayd etildi. Shu davrda 226 ta o‘lim holati ro‘yxatga olingan bo‘lib, tabiiy o‘sish ijobiy ko‘rsatkichni saqlab qolmoqda.
Yanvar–mart oylarida 216 ta nikoh tuzilgan bo‘lsa, 50 ta nikoh bekor qilingan.
Migratsiya jarayonlarida 101nafar fuqaro tumanga ko‘chib kelgan, 179 nafari esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.




