09/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 733,4 ming nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024/2025-o‘quv yiliga nisbatan 11,7 ming nafarga yoki 1,6 foizga ko‘paygan.

Jami o‘quvchilarning 375,4 ming nafari o‘g‘il bolalar (51,2 foiz), 358,0 ming nafari esa qiz bolalar (48,8 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘tgan o‘quv yiliga nisbatan qiz bolalar soni 5,5 ming nafarga yoki 1,5 foizga, o‘g‘il bolalar soni esa 6,2 ming nafarga yoki 1,7 foizga oshgan.

Hududlar kesimida qiz bolalar sonining eng yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona shahrida – 68,1 ming nafar, Qo‘qon shahrida – 54,1 ming nafar hamda Buvayda tumanida – 46,8 ming nafarni tashkil etgan. Eng past ko‘rsatkichlar esa Quvasoy shahrida – 17,0 ming nafar va Yozyovon tumanida – 22,1 ming nafar qayd etilgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, viloyatning barcha hududlarida o‘g‘il bolalar soni qiz bolalar sonidan biroz yuqori. Ayniqsa, Farg‘ona shahrida ushbu tafovut boshqa hududlarga nisbatan sezilarli bo‘lib, viloyatdagi jami o‘g‘il bolalarning 8,7 foizi va qiz bolalarning 9,8 foizi aynan ushbu shaharda tahsil olmoqda. Boshqa hududlarda esa o‘g‘il va qiz bolalar ulushi bir-biriga yaqin darajada shakllangan.

Mazkur ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyatida maktab yoshidagi aholi sonining barqaror o‘sib borayotganini hamda ta’lim tizimiga bo‘lgan ehtiyoj yildan yilga ortayotganini tasdiqlaydi.