09/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Beshariq tumanida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 961,6 milliard so‘mni tashkil etdi.

 Tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida xorijiy sarmoya va kreditlarning ulushi yuqori bo‘lib, ular hisobidan moliyalashtirilgan mablag‘lar jami investitsiyalarning 93,2 foizini tashkil qilgan.

 Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida aholi va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari ham salmoqli ulushga ega bo‘ldi:

 Aholi mablag‘lari — 3,7 %

Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi – 1,2 %

 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 0,9 %

 Respublika budjeti mablag‘lari — 0,6 %

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 0,4 %