Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga jami 1,2 ming tonna quritilgan o‘rik eksport qilindi. Mazkur eksport hajmining qiymati 2,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, quritilgan o‘rik eksporti hajmi 1,0 ming tonnaga ko‘paydi. Bu esa viloyatda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash hamda eksport logistikasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijasini ko‘rsatmoqda.
Eksport hajmining ortishi nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga, balki viloyatning eksport salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.




