Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 1-sinfiga 78,3 ming nafar o‘quvchi qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024/2025 o‘quv yiliga nisbatan 5,6 ming nafarga yoki 7,7 foizga ko‘pdir.
1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar tarkibida qiz bolalar ulushi 47,7 foizni, o‘g‘il bolalar ulushi esa 52,3 foizni tashkil etdi. O‘tgan o‘quv yiliga nisbatan qiz bolalar soni 2,5 ming nafarga, o‘g‘il bolalar soni esa 3,1 ming nafarga oshgan.
Hududlar kesimida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarning eng yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona shahrida 6,7 ming nafar, Qo‘qon shahrida 5,7 ming nafar hamda Quva tumanida 5,1 ming nafarni tashkil etdi.
Eng past ko‘rsatkichlar esa Quvasoy shahrida 1,7 ming nafar va Yozyovon tumanida 2,5 ming nafar etib qayd qilindi.




