Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 1,7 ming tonna pomidor eksport qilinib, eksport qiymati 2,0 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Viloyatda yetishtirilayotgan sifatli va raqobatbardosh pomidor mahsulotlariga xalqaro bozorlarda talabning ortib borayotgani eksport ko‘rsatkichlarida ham o‘z aksini topmoqda.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan pomidor eksporti hajmi 0,6 ming tonnaga oshib, tashqi savdo faoliyatida ijobiy o‘sish qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining kengayishi nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar daromadlarini oshirishga, balki viloyatning eksport salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.




