10/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga So‘x tumanining doimiy aholisi 89,3 ming nafarga yetdi.

 Aholi tarkibida erkaklar ulushi 45,7 ming nafar, ayollar esa 43,6 ming nafarni tashkil etib, gender muvozanati deyarli teng darajada shakllangan.

 Aholining asosiy qismi shaharlarda istiqomat qilmoqda. Jumladan, 55,8 ming nafar fuqaro shahar hududlarida, 33,5 ming nafar fuqaro esa qishloq joylarda yashaydi.

Ttumanda 396 nafar chaqaloq dunyoga kelgan bo‘lsa, 65 ta o‘lim holati qayd etildi. Bu esa tabiiy ko‘payishning ijobiy darajada davom etayotganidan dalolat beradi.

 Hisobot davrida 244 ta nikoh rasmiylashtirilgan, 25 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan.

Tumanga 384 nafar fuqaro ko‘chib kelgan bo‘lsa, 80 nafar fuqaro boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.