Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida Farg‘ona viloyatidagi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlariga 35,3 ming nafar o‘quvchi qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 10,7 ming nafarga yoki 43,2 foizga ko‘pdir.
Akademik litseylarga qabul qilinganlar soni 1,1 ming nafarni tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan biroz kamaygan bo‘lsa, texnikumlarga qabul qilinganlar soni 34,1 ming nafarga yetib, 1,5 barobarga oshdi.
Akademik litseylarga eng ko‘p o‘quvchi Farg‘ona shahrida, texnikumlarga esa Qo‘qon, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida qabul qilindi.
Mazkur ko‘rsatkichlar yoshlar orasida kasb-hunar egallash va amaliy bilimlarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.




