15/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 1,6 ming tonna mayiz eksport qilinib, uning qiymati 2,5 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

 Viloyatda yetishtirilayotgan va qayta ishlanayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga xalqaro bozorlarda talabning ortib borayotgani eksport ko‘rsatkichlarida ham o‘z aksini topmoqda.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mayiz eksporti hajmi 0,1 ming tonnaga ko‘paygani viloyat eksportyorlarining tashqi bozorlardagi faolligi kuchayib borayotganidan dalolat beradi.

 Eksport hajmlarining ortishi nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar daromadining ko‘payishiga, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishi va hududning eksport salohiyati yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.