Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, Farg‘ona tumanida 231 078 nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,8 foizga ko‘p demakdir.
Tumanda erkaklar soni 118 034 nafarni, ayollar soni esa 113 044 nafarni tashkil etib, aholi tarkibida muvozanat saqlanib qolmoqda.
Aholining katta qismi qishloq joylarda yashaydi. Jumladan, 143 021 nafar fuqaro qishloqlarda, 88 057 nafar fuqaro esa shaharlarda istiqomat qiladi.
Joriy yilning dastlabki uch oyida tumanda 1 205 nafar chaqaloq tug‘ildi. Shu davrda 240 ta o‘lim holati qayd etildi. Bu esa aholi sonining tabiiy ravishda ortib borayotganini anglatadi.
Yanvar–mart oylarida 226 ta yangi oila qurilgan bo‘lsa, 68 ta nikohdan ajralish holati ro‘yxatga olindi.
Tumanga 238 nafar fuqaro ko‘chib kelgan, 321 nafar fuqaro esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.




