16/06/2026

Quvasoy shahrida investitsiya jarayonlari yuqori sur’atlarda davom etib, hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 800,8 milliard so‘mni tashkil etdi.

 Investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning 92,9 foizlik ulushni egallashi Quvasoyning investitsiyaviy jozibadorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

 Moliyalashtirish manbalari tarkibida aholi mablag‘lari 3,4 foiz, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari 1,7 foiz, tijorat banklari kreditlari hamda boshqa qarz mablag‘lari 1,6 foiz ulushni egalladi. Respublika budjeti mablag‘lari esa jami investitsiyalarning 0,4 foizini tashkil etdi.