17/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatida Yozyovon tumani aholisi 124 809 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga oshgan.

Aholi tarkibida erkaklar soni 63 587 nafarni, ayollar soni esa 61 222 nafarni tashkil etmoqda. Bu esa tumanda gender muvozanati saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

Hudud aholisi asosan shaharlarda istiqomat qiladi. Jumladan, 74 034 nafar fuqaro shahar joylarda 50 775 nafar fuqaro esa qishloq hududlarida yashaydi.

Joriy yilning yanvar–mart oylarida tumanda 587 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Shu davrda 127 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Hisobot davrida 101 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 36 ta nikohdan ajralish holati ro‘yxatga olingan.

Migratsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, yilning dastlabki uch oyida tumanga 61 nafar fuqaro ko‘chib kelgan, 103 nafar fuqaro esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.