17/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Farg‘ona viloyatida transport xizmatlari hajmi 4 trillion 147,0 milliard so‘mni tashkil etdi.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,1 foizga oshib, hududda transport va logistika sohasining izchil rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.

 Transport xizmatlarining asosiy qismini avtotransport xizmatlari tashkil etib, ularning hajmi 3 trillion 713,5 milliard so‘mga yetdi.

 Transport infratuzilmasining kengayishi, yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlariga talabning ortishi hamda tadbirkorlik faoliyatining faollashuvi soha rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.