17/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 6 trillion 643,9 milliard so‘mga yetdi.

 Mazkur sohada qayd etilgan 10,5 foizlik o‘sish sur’ati hududda turizm infratuzilmasi, mehmonxona xo‘jaligi hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarining rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

 Aholi va mehmonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda turlarining kengayishi ushbu yo‘nalishning iqtisodiyotdagi ahamiyatini yanada oshirmoqda. Sohadagi ijobiy o‘zgarishlar tadbirkorlik faoliyatining faollashuvi va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham xizmat qilmoqda.