17/06/2026

2026-yilning yanvar–aprel oylarida Quvasoy shahrida 403,6 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish hajmi 10,8 foizga oshib, shaharning iqtisodiy salohiyati tobora mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatmoqda.

 Ishlab chiqarish korxonalarida quvvatlardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi sanoatdagi ijobiy natijalarga xizmat qilmoqda.

 Sanoat tarmog‘ining barqaror rivojlanishi yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulotlar assortimenti kengayishi va hudud iqtisodiyotining yanada yuksalishiga zamin yaratmoqda.