Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan 178 ta qurilish tashkiloti tomonidan jami 554,5 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,1 foizga o‘sdi.
Shundan:
yirik korxonalar hissasiga — 247,1 milliard so‘m,
kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga — 259,0 milliard so‘m,
norasmiy sektor hissasiga — 48,4 milliard so‘m to‘g‘ri keldi.




