Joriy yilning 18-iyun kuni “Yoshlar oyligi” doirasida yosh davlat xizmatchilari o‘rtasida Farg‘ona viloyati hokimi kubogi uchun “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar hamda tuman (shahar) hokimliklarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan davlat xizmatchilaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Ular turli yo‘nalishlardagi savollar orqali o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining yoshlar jamoasi ham faol qatnashib, intellektual bahslarda o‘z salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
“Zakovat” o‘yini yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda davlat xizmatida faol va tashabbuskor kadrlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.







