19/06/2026

Farg‘ona viloyatida xizmatlar sohasi barqaror rivojlanib, aholi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan xizmatlar hajmi ortib bormoqda. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatda ko‘rsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmi 848,4 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,8 foizga oshgan.

Shaxsiy xizmatlar tarkibiga sartaroshlik va go‘zallik salonlari, kir yuvish va kimyoviy tozalash, maishiy buyumlarni ta’mirlash hamda aholiga ko‘rsatiladigan boshqa turdagi xizmatlar kiradi.

Mazkur ko‘rsatkichlarning o‘sishi viloyatda xizmatlar sohasining kengayib borayotgani, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanayotgani hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va turlarining ortib borayotganidan dalolat beradi.