Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida Qo‘shtepa tumanida faoliyat yuritayotgan 62 ta qurilish tashkiloti tomonidan jami 307,6 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 188,7 foizni tashkil etdi.
Shundan:
yirik korxonalar hissasiga — 209,2 milliard so‘m,
kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga — 53,1 milliard so‘m,
norasmiy sektor hissasiga — 45,3 milliard so‘m to‘g‘ri keldi.




