22/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Buvayda tumanida faoliyat yuritayotgan 51 ta qurilish tashkiloti tomonidan jami 169,5 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 110,0 foizga o‘sdi.

Shundan:
yirik korxonalar hissasiga — 4,2 milliard so‘m,

kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga — 134,0 milliard so‘m,

norasmiy sektor hissasiga — 31,3 milliard so‘m to‘g‘ri keldi.