25/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra,2026-yilning yanvar–aprel oylarida Farg‘ona viloyati dunyoning 61 ta davlati bilan import operatsiyalarini amalga oshirdi.

 Viloyat importida eng katta ulush quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi:

 Xitoy (XXR) – 41,8 %
 Rossiya – 28,2 %
 Qozog‘iston – 15,0 %
 Qirg‘iz Respublikasi – 3,0 %
 Vyetnam – 2,1 %
 Turkiya – 2,1 %
 Belarus – 1,2 %
 Turkmaniston – 1,2 %
 Hindiston – 0,9 %
 Koreya Respublikasi – 0,8 %

 Mazkur davlatlarning viloyat jami importidagi ulushi 96,3 foizni tashkil etib, Farg‘ona viloyatining tashqi savdo aloqalarida ushbu mamlakatlar yetakchi hamkorlar ekanligini ko‘rsatmoqda.

 Import tarkibining asosiy qismi ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo, texnologik uskunalar, mashina va jihozlar hamda iste’mol tovarlaridan iborat bo‘lib, bu hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.