Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda qulay investitsiyaviy muhit yaratish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar xorijiy investorlar faolligining oshishiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari — ochiqlik, uzoq muddatli barqaror rivojlanishga ustuvor ahamiyat qaratish, qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirishdan iborat.
Ma’lumotlarga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan 647 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlarning:
247 tasi qo‘shma korxona;
400 tasi xorijiy korxona hissasiga to‘g‘ri keladi.




