25/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Farg‘ona tumanida faoliyat yuritayotgan 125 ta qurilish tashkiloti tomonidan jami 138,1 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 114,8 foizni tashkil etdi.

Shundan:
yirik korxonalar hissasiga — 23,8 milliard so‘m,

kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga — 66,7 milliard so‘m,

norasmiy sektor hissasiga — 47,6 milliard so‘m to‘g‘ri keldi.