2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 124 taga ko‘paydi.
Ushbu o‘sish, asosan, quyidagi iqtisodiy faoliyat turlarida yangi korxonalar tashkil etilgani bilan izohlanadi:
Savdo sohasi – korxonalar soni 123 tadan 155 taga yetib, 32 taga oshdi;
Axborot va aloqa sohasi – 20 tadan 41 taga ko‘payib, 21 ta o‘sish qayd etildi;
Qurilish sohasi – 43 tadan 57 taga yetib, 14 taga ortdi.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar sonining ortishi hududda investitsion jozibadorlikning oshib borayotganini, zamonaviy texnologiyalar va yangi ish o‘rinlari yaratish jarayonlari faollashayotganini ko‘rsatadi.




