Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Farg‘ona viloyatidan 39,6 mln AQSH dollari qiymatidagi meva va sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.
Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 53,4 % ga oshgan bo‘lib, viloyat tashqi savdosida muhim o‘rin egalladi.
Hisobot davrida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportdagi ulushi 16,1 % ni tashkil etdi.
Meva-sabzavot eksporti hajmining ortishi hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va tashqi bozorlarga yetkazib berish imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolat beradi.




