25/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Yozyovon tumanida faoliyat yuritayotgan 115 ta qurilish tashkiloti tomonidan jami 101,1 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 123,3 foizni tashkil etdi.

Shundan:

yirik korxonalar hissasiga — 19,0 milliard so‘m,

kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga — 47,2 milliard so‘m,

norasmiy sektor hissasiga — 34,9 milliard so‘m to‘g‘ri keldi.