25/06/2026

 Atrof-muhitni asrash, atmosfera havosi sifatini yaxshilash hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida joriy yuilning 25- iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham “Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida ishga piyoda hamda jamoat transportida keldilar.

 Aksiya davomida xizmat va shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanishni qisqartirish orqali atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini kamaytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsad qilingan.

 Tabiatga e’tiborli bo‘lish va “Avtomobilsiz kun” aksiyasida faol qatnashish orqali har birimiz ekologik barqarorlikni ta’minlash, toza havo va sog‘lom kelajakni yaratishga munosib hissa qo‘shamiz. Chunki toza atmosfera – inson salomatligi, farovonligi va hayot sifati uchun eng muhim omillardan biridir.