Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tarkibida Xitoy kapitali ishtirokidagi korxonalar yetakchi o‘rinni egallamoqda.
2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Xitoy investitsiyalari ishtirokidagi 239 ta korxona faoliyat yuritib, bu ko‘rsatkich viloyatdagi jami xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 36,9 foizini tashkil etdi.
Farg‘ona viloyati iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan boshqa davlatlar orasida ham quyidagilar salmoqli ulushga ega:
Rossiya Federatsiyasi — 17,8 %
Turkiya — 10,4 %
Janubiy Koreya — 4,9 %
Qirg‘iz Respublikasi — 4,6 %




