26/06/2026

2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 045 tani tashkil etdi. Shundan 8 tasi yirik korxonalar, 2 037 tasi esa kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 2026-yilning yanvar–aprel oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 7 047,3 milliard so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,0 foizga o‘sdi.

 Savdo aylanmasining asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan shakllantirilib, ularning ulushi jami hajmning 74,5 foizini tashkil etdi.

 Mazkur natijalar viloyatda umumiy ovqatlanish xizmatlariga bo‘lgan talab ortib borayotganini hamda sohada tadbirkorlik faoliyati izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.