26/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 13 788,6 mlrd so‘mga yetib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 21,7 foizga oshdi.

 Chakana savdo hajmining asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Ular tomonidan amalga oshirilgan tovar aylanmasi 10 552,6 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,8 foizga o‘sdi.

 Yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilgan chakana savdo hajmi 1 755,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 127,3 foizga yetdi.

 Uyushmagan savdo tovar aylanmasi esa 1 510,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37,9 foizga oshdi.