26/06/2026

 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etgan.

 Bu ko‘rsatkich 1991 yilga nisbatan 9 yoshga oshgan.


 Mazkur ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:

1991 yilda – 66,4 yosh

1995 yilda – 69,1 yosh

2000 yilda – 70,8 yosh

2005 yilda – 71,8 yosh

2010 yilda – 73 yosh

2015 yilda – 73,6 yosh

2020 yilda – 73,4 yosh

2024 yilda – 75,1 yosh

2025 yilda – 75,4 yosh