26/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida viloyatdagi akademik litseylarda bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 11,2 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelgan.

 Akademik litseylarda jami 2 339 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularning 1 146 nafari qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 Ta’lim sifatini ta’minlashda 209 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Shundan 128 nafari ayollardir.

 Ushbu ko‘rsatkichlar akademik litseylarda o‘quvchilarga individual yondashuvni kuchaytirish va ta’lim samaradorligini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilayotganini ko‘rsatadi.