26/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida viloyatdagi akademik litseylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muayyan imkoniyatlar yaratilgan.

 Kompyuter sinflariga ega muassasalar soni – 5 ta

 Kompyuter sinflari soni – 13 ta

 Kompyuterlar soni – 185 ta

 Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar soni – 185 ta

 E’tiborlisi, akademik litseylardagi barcha kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, bu o‘quvchilarning zamonaviy axborot resurslaridan samarali foydalanishi hamda raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga keng joriy etilishi yoshlarning bilim va salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.