Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida viloyatdagi akademik litseylarda jami 2 339 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
O‘quvchilarning yosh tarkibi quyidagicha taqsimlangan:
15 yosh va undan kichiklar – 106 nafar
16 yoshdagilar – 1 151 nafar
17 yoshdagilar – 879 nafar
18 yoshdagilar – 201 nafar
19 yoshdagilar – 2 nafar
Tahlillarga ko‘ra, akademik litsey o‘quvchilarining asosiy qismini 16 va 17 yoshdagi yoshlar tashkil etib, ular jami o‘quvchilarning qariyb 86,8 foizini egallaydi.
Ushbu ko‘rsatkichlar akademik litseylarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning yosh tarkibi asosan o‘rta maxsus ta’lim bosqichiga mos ekanligini ko‘rsatadi.




