Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan 2026- yilda mamlakatimizda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi.
Tadbirda mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalari, unda qo‘llanilgan raqamli texnologiyalar, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bosqichlari hamda asosiy statistik ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot beriladi.

Manzil: Toshkent shahri, "InterContinental" mehmonxonasi, "Amudaryo" majlislar zali
Sana: 2026 yil 30 iyun
Vaqti: 09:30
Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik faollarini taklif etamiz.



