Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida viloyatdagi texnikum va politexnikumlarda ta’lim jarayonini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Mavjud ko‘rsatkichlar:
Kompyuter sinflariga ega muassasalar soni – 67 ta
Kompyuter sinflari soni – 163 ta
Kompyuterlar soni – 2 478 ta
Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar soni – 2 232 ta
Mazkur ko‘rsatkichlar texnikum va politexnikumlarda raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish, o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Ta’lim muassasalarining texnik bazasini mustahkamlash yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va raqamli iqtisodiyot talablariga mos mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.




