2026-yil 1-iyun holatiga Farg‘ona viloyatida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 7 383 tani tashkil etdi. Shundan 46 tasi yirik korxonalar, 7 337 tasi esa kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 16 849,4 mlrd so‘mga yetib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 113,8 foizni tashkil etdi.
Yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilgan chakana savdo tovar aylanmasi 2 508,8 mlrd so‘m bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 134,4 foizga o‘sdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga 12 512,7 mlrd so‘mlik tovar aylanmasi to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati 109,6 foizni tashkil etdi.
Uyushmagan savdo tovar aylanmasi esa 1 827,9 mlrd so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 132,2 foizga o‘sdi.




