Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–may oylari yakunlariga ko‘ra, Rishton tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 81 ta korxona va tashkilot tomonidan 96,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 136,0 foizni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar hissasiga – 41,6 mlrd so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga – 25,1 mlrd so‘m
Norasmiy sektor hissasiga – 29,8 mlrd so‘m to‘g‘ri keldi.
Rishton tumanida amalga oshirilgan qurilish ishlarining salmoqli qismi kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa hududda qurilish sohasining izchil rivojlanib borayotganini va yangi bunyodkorlik ishlari ko‘lamining kengayayotganini ko‘rsatadi.




