03/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga 4,6 ming tonna o‘rik eksport qilindi. Eksportning umumiy qiymati 5,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

 Hisobot davrida amalga oshirilgan o‘rik eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,1 ming tonnaga kamaygan.

O‘rik viloyatning eksportbop mevalaridan biri bo‘lib, uning tashqi bozorlarga yetkazib berilishi eksport salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.