03/07/2026

Shu kunlarda statistika organlari tomonidan shaxsiy avtomototransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Quvasoy shahar bo‘limi mutaxassislari ham shaxsiy avtomototransport egalari bilan so‘rovnoma o‘tkazmoqdalar.  Mazkur so‘rovnomaning asosiy maqsadi jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari orqali amalga oshirilayotgan yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat.

 So‘rovnoma natijalari transport sohasining rivojlanish holatini tahlil qilish, statistik ko‘rsatkichlar sifatini oshirish hamda kelgusidagi rejalashtirish ishlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.