03/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 2,9 ming tonna uzum eksport qilindi. Eksportning umumiy qiymati 2,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

 Mazkur davrda uzum eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 ming tonnaga ko‘payib, viloyatda eksportbop mevalar yetkazib berish hajmi ortib borayotganini ko‘rsatdi.

 Uzum Farg‘ona viloyatining tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan biri bo‘lib, uning eksporti viloyatning eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.