Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston tumanida faoliyat yuritayotgan 49 ta qurilish korxonasi va tashkiloti tomonidan jami 167,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123,4 % ni tashkil etib, sohada ijobiy o‘sish kuzatilganini ko‘rsatadi.
Qurilish ishlari hajmining tarkibi bo‘yicha:
Yirik korxonalar – 6,6 mlrd so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 128,7 mlrd so‘m
Norasmiy sektor – 32,6 mlrd so‘mga to‘g‘ri kelgan.




