03/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatda transport xizmatlari hajmi 5 236,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu sohada o‘sish sur’ati 120,9 % ni qayd etib, transport xizmatlariga bo‘lgan talab va soha faolligi izchil ortib borayotganini namoyon etdi. 

Shundan avtotransport xizmati – 4 700,7 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

 Mazkur natijalar viloyatda transport infratuzilmasi rivojlanib, yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘lami kengayib borayotganidan dalolat beradi.