06/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida Farg‘ona tumanida faoliyat yuritayotgan 126 ta qurilish korxonasi va tashkiloti tomonidan jami 147,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

 Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,6 % ni tashkil etib, sohada ijobiy o‘sish kuzatilganini ko‘rsatadi.

 Qurilish ishlari hajmining tarkibi quyidagicha shakllandi:

 Yirik korxonalar – 31,8 mlrd so‘m

 Kichik korxona va mikrofirmalar – 67,3 mlrd so‘m

 Norasmiy sektor – 48,0 mlrd so‘m.